Amerikaliklarning 45 foizi prezident Donald Trampning faoliyatidan mamnun

0
116
marta koʻrilgan.

Amerikaliklarning 45 foizi prezident Donald Trampning faoliyatidan mamnunligini va uni maʼqullashlarini maʼlum qilishdi. Bu haqda  «Gallup poll» tadqiqotlar agentligi oʻtkazgan soʻrov natijasidan bilib olish mumkin. Bu uning ushbu lavozimni egallaganidan buyon eng yaxshi koʻrsatgichdir. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uning faoliyatini maʼqullaganlarning 90 foizi respublikachilardir. Ushbu natijaga qaramasdan Trampning demokratlar orasida ham qoʻllab-quvvatlashga erishish imkoni kamroq.

Agentlik, shuningdek, Trampning lavozimga kirishganidan buyon toʻplagan reytingi oʻzidan oldingi prezidentlarnikidan ancha past boʻlganini maʼlum qilgan. Soʻrov 11 — 17-iyun kunlari telefon orqali oʻtkazilgan. Unda 1511 kishi qatnashgan.

Avvalroq taniqli sotsiolog, «Zogby International Poll» jamoatchilik fikrini oʻrganish firmasi asoschisi Jon Zogbi amerikaliklarning deyarli yarmi Trampning iqtisodiy siyosatini, 40 foizi esa tashqi siyosatini maʼqullashini aytgan edi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.