Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi oʻrinbosari Amina Muhammad bilan Oʻzbekistonga ilk tashrifi chogʻida samarali uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Dunyo boʻylab millionlab xotin-qizlar uchun namuna boʻlgan Amina Muhammad gender tenglik, zoʻravonlikka barham berish, ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini tinimsiz koʻtarib, yetakchi ayollar uchun ham yorqin namuna boʻlib kelmoqda.
Samimiy suhbat chogʻida Amina Muhammad BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi ishlarni va shu bilan birga uni amalga oshirishda parlamentning rolini alohida taʼkidlab oʻtdi. Yurtimizning bolalar mehnatiga barham berish borasidagi tajribasi va muvaffaqiyatli tarixiga urgʻu berib, uni bolalar mehnati amaliyoti hamon davom etayotgan boshqa mamlakatlar ham oʻrganishi mumkin, deya eʼtirof etdi.
Manbaa: (https://senat.uz/uz/lists/view/4448).