Germaniya kansleri Angela Merkel «AstraZeneca»ning birinchi vaksinasini qabul qildi, deya maʼlum qildi Germaniya Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Shteffen Zaybert.
«Men bugun «AstraZeneca»ning birinchi vaksinasini qabul qilganimdan xursandman. Emlash kampaniyasida qatnashgan va emlanganlarning barchasidan minnatdorman. Emlash pandemiyani bartaraf etishning kalitidir», — deya Zaybert «Twitter»da Merkelning soʻzlarini keltirgan.
Shuningdek, u emlanganlik haqidagi sertifikatni ilova qilgan.