AQSHda oʻzbek milliy raqslari tarixi va xoreografiyasiga  bagʻishlangan onlayn trening

0
375
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi oʻzbek madaniyati va sanʼatini ommalashtirish doirasida Amerikaning «Silk Road Dance Company» kompaniyasi bilan birgalikda milliy raqs sanʼatini oʻrgatish boʻyicha «Central Asian Dance Camp 2020»  ikki haftalik onlayn trening tashkil etdi.

Oʻzbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan tadbirda AQSHning 11 shtatidan vakillar ishtirok etdi. Jumladan, Virjiniya, Kaliforniya, Kentukki, Kolorado, Luiziana, Massachusets, Merilend, Ogayo, Kolumbiya okrugi, Tennessi va Florida kabi mintaqalarning oʻzbek milliy sanʼati ixlosmandlari ikki hafta davomida oʻzbek raqsidan saboq olishdi.

Ushbu treningning Amerika tomonidan tashkilotchisi dunyoga mashhur olim, «Silk Road Dance Company» rahbari Jorj Vashington nomidagi universitet professori Laurel Grey boʻlib, u 1984 yil Amerikada Oʻzbekiston raqs va madaniyat jamiyatiga asos solgan.

 Hayotini oʻzbek raqs sanʼatisiz tassavvur eta olmaydigan amerikalik bu ayol oʻzbek milliy raqsining Amerikadagi asoschisi degan oʻziga xos sharafli nom bilan mashhur.
Olima Vashington Teatrlar jamiyati, Vashington Raqs sanʼati jamiyati, Oʻrta Sharq mamlakatlari sanʼati akademiyasi, Londondagi “Markaziy Osiyo festivali”, Erondagi “Arash” sanʼat festivali kabi oʻnlab davlat va xalqaro miqyosdagi tashkilotlar, tanlovlar sovrindoridir.

Shuningdek, 2007 yilda Oʻzbekiston Madaniyat Vazirligi hamda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti ham Laurel Viktoriya Greyni “Toshkent davlat sanʼat instituti faxriy professori” degan unvon bilan taqdirlagan.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.