Bolakay futbolni xush koʻrardi. Onasi bergan tushlik puliga futbolist Messining plakatlarini xarid qilmaslikka vaʼda berdi. Ammo, buning uddasidan chiqolmasligini bilardi. Chunki, uning xonasi shiftida hali Messining plakatlari yopishtirilmagan joy bor edi.
…2011 yili Argentina terma jamoasi Alvares yashaydigan joydan yuz kilometr uzoqlikdagi shaharga kelishdi. Bunday imkoniyatni qoʻldan chiqarib boʻladimi?Otasi oʻsha kuni ishdan qolsa-da, farzandini futbolchilar joylashgan mehmonxonaga olib bordi.
Oʻsha kuni kutilmagan voqea yuz berdi. Messi ovqatlanish uchun asosiy lobbi orqali chiqib keldi va bu holat bolakay Alvares hayotidagi eng baxtli kunga aylandi. Ushbu uchrashuv yuqoridagi fotosuratga muhrlandi.
Ular oradan 11 yil oʻtib, jahon chempionatida yonma-yon toʻp surishni, Alvares yarim final uchrashuvida gol urishini, Messi ushbu golli uzatma berishini bilishmas edi…
Bugungi kunda Argentina futbol komandasi jahon chempioni boʻldi. Messi va Alvares jahon chempionati oltin kubogini boshlari uzra koʻtarishdi!
Orzuli dunyo! Xalqimizning «Ezgu niyat — yarim davlat» deyishi bejiz emas, albatta! Qarang-ki, bolakayning ezgu orzusi butun davlat boʻlib chiqdi.
Javlon SAʼDULLAYEV tayyorladi.