Bali vulqon ichida qoladimi?

0
344
marta koʻrilgan.

Indoneziyaning Bali orolidagi Agung togʻida tez orada vulqon otilish xavfi mavjud, deya xabar beradi BBC axborot xizmati. Indoneziya hukumati favqulotda vaziyat eʼlon qilgan. Orolning aeroporti yopilib, reyslar harakati toʻxtatilgan. Maʼmuriyat aytishicha, togʻdan chiqayotgan quyuq tutun va kullar 3400 metr uzoqlikkacha tarqalgan. Vulqondan taralayotgan “kichik portlashlar” sasi 12 km uzoqlikkacha eshitilib turibdi. Hukumat vulqondan 10 km uzoqlikkacha boʻlgan hududdagi aholini evakuatsiya qilinishini buyurgan. Shuningdek, mahalliy aholiga niqoblar tarqatilmoqda.
Adelaida universiteti geologi Mark Tsingay Bi-bi-siga bergan intervyusida “portlashning koʻlami haqida oldindan bashorat qilish qiyin, u juda katta va vayronkor, yoki aksincha kichikroq koʻlamda ham oʻtishi mumkin» deb aytgan.
Maʼlumot oʻrnida:
Indoneziya «Olov halqasi» deb atalgan tez-tez seysmologik hodisalar sodir boʻluvchi, vulqon harakati faol boʻlgan hududda joylashgan.
130 dan ortiq faol vulqonlar mavjud.
Oxirgi marta Agung togʻida 1963 yilda portlash sodir boʻlib, mingdan ortiq kishi halok boʻlgan.

Surat Reuters axborot agentligi saytidan olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.