Saudiyada ayollarining koʻpgina huquqlari cheklangan. Masalan, saudiyalik ayollarning mashina haydash huquqi berilganiga endigina ikki yil boʻldi.
Makka shahridagi ayollar maktabida 2002 yil mart oyida yuz bergan yongʻin chogʻida diniy politsiya hodimlari qizlarning bosh kiyimsiz va uzun koʻylaksiz tashqariga chiqarishga ruxsat etmadi. “Tilsiz yov” 15 nafar begunoh oʻquvchini hayotdan bevaqt olib ketdi. Bundan ota-onalar qattiq iztirob chekishdi.
Hukumat 2010 yilga kelibgina oʻt oʻchiruvchilarga qizlarni har qanday holatda ham olovdan olib chiqishga ruxsat berdi.
Saudiyada ayollarning sport bilan shugʻullanishi maʼqul koʻrilmaydi. Sport klublariga faqat erkaklar aʼzo boʻlishi mumkin. Oqibatda 41,4 foiz xotin-qizlar semizlikdan aziyat chekishmoqda.
Biroq, ayollar baribir yoʻl topishga intilishaverishadi. Masalan, 2012 yilgi London olimpiadasida ilk bora saudiyalik ayol ham ishtirok etdi. Zamon bilan hamnafas boʻlish yaxshi-da!
R. SAPAYEVA tayyorladi.