1955 yilda AQSHda boʻlgan voqea mamlakat qonunlariga oʻzgartirish kiritishni, irqiy ajratishlar butunlay bekor qilinishini taqoza etdi….
Qora tanli 42 yoshli ayol Roza Parks ishdan uyiga qaytayotib avtobusga minadi va boʻsh oʻrindiqqa borib oʻtiradi.
Keyingi bekatda oq tanli bir erkak avtobusga chiqib, Rozadan joy berishni talab qiladi. Oʻsha paytda yaʼni bundan bor-yoʻgʻi 68 yil muqaddam AQSH qonunchiligiga asosan qora tanlilar oq tanlilarga joy berilishi taqozo qilinardi.
Roza qonunga xilof vaziyatni vujudga keltirdi va joy bermadi. Avtobusdagi oq tanlilar toʻpolon koʻtarishdi. Haydovchi avtobusni toʻxtatishga majbur boʻldi. Roza baribir oʻrnidan turmadi.
Bir necha daqiqadan soʻng politsiya yetib keldi va Rozani mahkamaga olib ketishdi. Ayolga jarima belgilashdi. U esa jarimani toʻlashdan ham bosh tortdi. Buni koʻrgan qora tanlilar, nihoyat, erk uchun birlashdilar va jamoat transportlariga chiqishdan bosh tortishdi.
Bir yildan ortiq muddatda yaʼni 381 kun davomida birorta ham qora tanli jamoat transportiga chiqmadi. Natijada 1956 yili AQSH Oliy Mahkamasi jamoat transportlarida irqiy kamsitishlarni man qilishga majbur boʻldi. Oradan 8 yil oʻtib, 1964 yili AQSHda irqiy ajratishlar butunlay bekor qilindi.
Ayol kishining jazorati tufayli AQSH qonunlariga oʻzgartirishlar kiritilgani hamda Roza Parksning hayoti, faoliyati haqida koʻplab maqolalar ham yozildi. Hujjatli va badiiy filmlar ishlangan.
Irqiy kamsitilishga qarshi chiqib, fuqarolik huquqlariga oʻzgartirishlar kiritilishi tashabbusini boshlab bergan Roza Parks 25 oktyabr 2005 yilda Michiganda vafot etdi.
Oʻshanda AQSH prezidenti Bill Klinton u haqda shunday degan edi: «Roza Parks oddiygina joy bermasligi ila bizga hurriyat nimaligini oʻrgatib ketdi…»
Darhaqiqat, Roza Parks tashabbusi, saʼy harakati tufayli bugungi AQSH bolalari irqidan qatʼiy nazar birga taʼlim olishadi, dam olishadi va mamlakat ishlarida teng huquqli asosda ishtirok etishadi.
R. ZARIPOVA
Roza Parks tashabbusi oʻrnak qilib koʻrsatishga munosib. Saytdagi ushbu maqolani oʻqib ayollarning yanada jasoratli tomonlari xaqida maʼlumotga ega boʻldim. Raʼnoxon opa raxbarligidagi SAYT jamoasiga ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman!
Eʼtiboringiz uchun raxmat. Hofizaxon maʼqul kelganidan xursandmiz.