BMT rezolyusiyasi bilan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda jahon mamlakatlari parlamenlarining roli va yondashuvlari turlicha.
Poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha II global forum ana shu yondashuvlarni muhokama qilish, oʻzaro tajriba almashish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Aynan shu nuqtai nazardan Forum ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev murojaat yoʻllab, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash oʻta dolzarb ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladilar.
Bunda BRMga erishish borasida mamlakatlar tomonidan olingan majburiyatlarni bajarishda parlamentlar va hukumatlar fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ish olib borishi zarur.
Shularni inobatga olib, Forum doirasida BRMga erishishda fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholining barcha qatlamlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Manbaa: @tanzilanarbayeva