Bugungi axborot asrida  dunyo ahlining hayoti bir-biriga uzviy bogʻliqligini tojdor virus balosi ham aks ettirib turibdi

0
156
marta koʻrilgan.

Mana  bir necha   oy-ki butun jahon ahli sinovdan oʻtmoqda. Koʻzga koʻrinmas virus  Ona zaminimizning tinch osuda hayotiga, inson salomatligi bilan birga  oilalar daromadiga, davlatlar iqtisodiyotiga ham zarar yetkazmoqda.

Zamonaviy tibbiyotning ilgʻor yutuqlariga qaramasdan, mamlakat va millat tanlamayotgan ofat oqibatida bugungacha yer yuzida minglab inson hayotdan koʻz yumdi va bu jarayon afsuski davom etmoqda. Ularning orasida yurtimiz odamlari, shuningdek, xorijda ishlab yashayotgan vatandoshlarimiz ham bor. Bugungi axborot asrida  dunyo ahlining hayoti bir-biriga uzviy bogʻliqligini mana shu dalilning oʻz ham koʻrsatib turibdi.

Johns Hopkins University maʼlumoti: dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat.

Umumiy zararlanganlar soni –   3 257 088 (+62 565 )
Sogʻayganlar –   1 014 809 (+41 438 )
Vafot etganlar –   233 398 (+5 739 )

Mamlakatlar boʻyicha bemorlar soni:

1.  AQSH –   1 069 664
2.  Ispaniya –   213 435
3.  Italiya –  205 463
4.  Buyuk Britaniya–   172 481
5.  Fransiya –   167 299
6.  Germaniya –   163 009
7.  Turkiya –   120 204
8.  Rossiya –   99 399
9.  Eron –  94 640
10. Braziliya–   87 187

Sogʻliqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlumotiga koʻra, 2020 yil 1 may soat 15:00 holatiga , Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2075 nafarni tashkil qilmoqda. Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 49 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 1182 nafarni tashkil etmoqda.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.