Dunyo miqyosida 10 milliondan ortiq kishi koronavirusdan zararlandi, vafot etganlar soni esa 500 mingdan ortdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida bir kunda mingdan ziyod Covid-19 holati roʻyxatga olingan, umumiy kasallanganlar soni deyarli 40 mingga yetdi.
YeIning «Global maqsad: Kelajagimiz uchun birlashish» virtual xayriya tadbiri qashshoq mamlakatlarga Covid-19 ga qarshi kurashishda koʻmaklashish uchun 6,15 milliard yevro miqdorida mablagʻ toʻpladi.
Qirgʻiziston Prezidenti apparati rahbari Dosali Esenaliyev koronavirusga chalindi. Apparatda kasallik yuqtirgan xodimlar 17 nafarni tashkil qilmoqda.
Isroil hukumati koronavirusning ikkinchi toʻlqini boshlangani toʻgʻrisida maʼlum qildi.
Nobel mukofotining 18 nafar laureati, 100 dan ortiq dunyo yetakchilari, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va korxonalarga COVID-19 ga qarshi ommaviy vaksina yaratish toʻgʻrisida murojaatnomaga imzo qoʻyishdi.
Epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli, AQSH rasmiylari fuqarolarni maʼsuliyatli boʻlishga, ijtimoiy masofani saqlashga va niqob taqishga chorlamoqda.
Toʻrt yuz mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Pekin yaqinida qatʼiy karantin choralari qayta tiklandi. Zarur buyumlarni sotib olish uchun kuniga bir marta uydan chiqishga ruxsat beriladi.
Singapurda Covid-19 bilan bogʻliq holatlarni kuzatib borish uchun aholiga Bluetooth yordamida foydalaniladigan «TraceTogether» aloqa moslamalari tarqatilmoqda.
@aoka_uz