«Dunyo yanada odil boʻlishi mumkin» (Daha Adil Dünya Mümkün) — Rejep Tayyip Erdogʻanning mashhur kitobi oʻzbek tilida chop etildi
Turkiya Prezidentining ushbu kitobi birinchi marta Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi oldidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, cheklangan miqdorda chop etilgan edi. «Yangi asr avlodi» nashriyoti kitobni koʻp nusxada nashr qildi, endi oʻzbek kitobxonlari ham mazkur kitobni ona tilimizda oʻqish imkoniga ega boʻldi.
Erdogʻanning mazkur kitobida dunyo boʻylab kuzatilayotgan adolatsizlik, migratsiya inqirozi, xalqaro terrorizm, islomofobiya, siyosiy munofiqlik kabi illatlar xususida soʻz yuritiladi. Asarda «Bugun insoniyat uchun eng zarur qadriyat bu — adolatdir» degan gʻoya ilgari suriladi.
Kitobni filologiya fanlari doktori, professor Maʼrufjon Yoʻldoshev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Abdumurod Tilavov tarjima qilgan.
Manbaa: aoka.uz