Dunyoda oʻlim hodisasining 31 foizi yurak-qon-tomir kasalliklari tufayli

0
525
marta koʻrilgan.

Dunyoda yiliga 17.9 million kishi yurak-qon-tomir kasalliklaridan vafot etyapti, deyiladi Butun Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti saytida.

Bu esa oʻlim hodisasining 31 foizini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, bugungi kunda 31 foiz holatlarda oʻlimning sababchisi yurak-qon-tomir kasalliklari boʻlmoqda.

BJSS tashkiloti yana shuni taʼkidlaydiki, yurak-qon-tomir tizimidagi kasalliklari tufayli vafot etayotgan kishilarning 75 foizi daromadi past va oʻrta boʻlgan mamlakatlar aholisiga toʻgʻri keladi.

Yaqinda AQSHda oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlarga koʻra bugun ayollar, ayniqsa yosh xotin-qizlar oʻrtasida yurak falaji va xurujiga  uchrash holati tobora koʻpaymoqda.

“Circulation” ilmiy jurnalida yozilishicha, AQSHda 1995-1999 yillar orasida yurak huruji kasalliklari bilan kasalxonaga murojaat qilgan bemorlarning 27 foizi  35-54 yosh oraligʻida boʻlgan boʻlsa, 2010-2014 yillarda bu koʻrsatkich 32 foizni tashkil etgan.

Yurak huruji kasalliklari bilan kasalxonaga tushgan yosh ayollar soni 1995-1999 yillarga nisabatan 2010-2014 yillarda 10 foizga yaʼni 21dan 31 foizga, koʻtarilgan, erkaklar oʻrtasida esa mazkur davrda 3 foizga yaʼni 30dan 33 foizga oshgan.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, bugun kunda yosh ayollarda ham yurak-qon-tomir kasalliklari tobora koʻpaymoqda.

Oydin SADULLAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.