Dunyoda oxirgi sutka davomida 804 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

0
213
marta koʻrilgan.

Jahon Sogʻlini saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda 804 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi.

Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus: «Dunyo boʻylab koronavirusga chalinish va vafot etish holatlari xavotirli tezlik bilan koʻpaymoqda. Haftalik koronavirusga chalinish holatlari soni boʻyicha koʻrsatkichlar soʻnggi ikki oy ichida ikki barobarga koʻpaygan va pandemiya boshlangandan buyon eng yuqori choʻqqisiga yaqinlashmoqda. Ilgari koronavirus infeksiyasining tez tarqalishini jilovlay olgan qator mamlakatlarda ham hozirda vaziyat anchayin murakkablashgan».

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 138 million 688 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 978 mingdan ziyod kishi vafot etgan (16.04.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 15:46 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 804 807 yangi holati aniqlandi, 12 955 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (17.04.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 06:20 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 139 million 690 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 997 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
 AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 31,103 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (14,291 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (13,673 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,107 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Rossiya (4,684 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida:  AQSHda 73 306, Hindistonda 217 353, Braziliyada 73 513, Fransiyada 37 936, Rossiyada esa 8 995 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Aziz yurtdoshlar,  oʻzingizni va oilangizni asrang, karantin qoidalariga rioya qiling. Bu bilan nafaqat oʻzingizni yurtimizni, jahonni koronavirus balosidan asrashga munosib hissa qoʻshashsiz.

Joriy yil 18 apreldan bizning mamlakatimizda ham karantin qoidalari yanada kuchaytiriladi. Bu haqda bosh vazir boshchiligidagi kengaytirilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.