Yer yuziga asteroidlar tobora koʻproq kelib urilmoqda, deya xabar beradi Yevronyus axborot agentligi.
Soʻnggi 290 million yil ichida sayyoramiz va Oyga avvalgi 700 million yilga nisbatan 2,6 marta koʻproq ulkan toshlar kelib urilgan.
Ammo xavotirga oʻrin yoʻq, AQSHning NASA tashkiloti xulosasiga koʻra, sayyoramizga ulkan toshlar faqatgina har million yoki bir necha million yilda bir marta kelib tushmoqda.
Koʻpgina olimlar, dinozavrlarning yoʻqolib ketishiga taxminan 65 million yil oldin Yerga ulkan asteroid kelib urilishi sabab boʻlgan, deb hisoblaydilar.
Bugungi kunda Yer yuziga xavf tugʻdirayotgan asteroid 1,3 km kattalikdagi asteroid boʻlib, olimlar taxminiga koʻra, u 861 yildan keyin sayyoramiz yaqinidan uchib oʻtib ketadi.
Olimlarning aytishicha, hajmi 1 kmdan katta boʻlgan asteroidlargina Yer yuziga haqiqiy talofat yetkazishi mumkin. Undan kichikroq asteroidlar esa global darajada vayronkor emas.
Oydin SAʼDULLAYEVA tayyorladi