Yetmish uch yoshli Li Yon Gyun doʻsti xotirasiga 210-marafonini oʻtkazdi

0
130
marta koʻrilgan.

Yetmish uch yoshli Li Yon Gyun sharros yomgʻir quyayotganiga qaramasdan oʻzining soʻnggi – 210-marafonini bosib oʻtishga jazm etdi. Janubiy koreyalik sportchi shu paytgacha 209 marta marafonda ishtirok etgan boʻlib,  ana shu  masofalarni jamlasa, 8800 kilometrdan koʻproqni tashkil etadi.

Marafonchi Li Yon Gyunning maykasiga sakkiz ming metrli Himolay choʻqqilarini 14 marta zabt etgan janubiy koreyalik birinchi alpinist Pak Yun Sokning surati tushirilgan. Pak Yun Sok 2006 yilda 8848 metrli Everest choʻqqisiga koʻtarila boshlaganida Li Yon Gyun doʻstiga ana shu 8848 marrasini kilometr hisobida yugurib bosib oʻtish vaʼdasini bergan edi.

Pak Yun Sok  Yer kurrasidagi ikki qutbida boʻlgan va Ginnesning rekordlar kitobidan oʻrin olgan alpinist. Ushbu sportchi oʻzining ikki doʻsti bilan 2011 yilda Annapurning janubiy yonbagʻridan koʻtarilayotgan paytda yoʻqolib qolgan. Taxminlarga koʻra, alpinistlarni 6000 metr balandlikda koʻchki bosib qolgan va   qidiruv natija bermagan.

Uning doʻsti Li Yon Gyun nafaqaga chiqquniga qadar Pak Yun Sok nomidagi jamgʻarma direktori boʻlib ishladi.

Marafonchi Li Yon Gyun oʻzining oʻzining yetmish uch yoshida  210-marafonini 4 soatu 38 daqiqada  bosib oʻtib, doʻsti Pak Yun Sokka bergan  soʻzining ustidan chiqdi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.