Yevropada besh davlat ilm-fan cohasida gender tengsizlikni yengdi

0
219
marta koʻrilgan.

Bugun dunyoning koʻpgina davlatlarining deyarli barcha sohalarida, shu jumladan ilm-fan jabhasida ham gender tengsizlik mavjud. Lekin Yevropaning besh davlati bu tendensiyani yengib oʻtdi, — deya xabar beradi Yevronyus axborot xizmati.

Olima ayollar xalqaro kuni munosabati bilan (11 fevral) Yevropa Ittifoqi komissiyasi ilm-fandagi ayollar toʻgʻrisida hisobot eʼlon qildi. Unda keltirilishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi olimlarning faqatgina 41 foizini ayollar tashkil etadi. Lekin istisno holatlar ham mavjud, yaʼni Yevropa Ittifoqidagi beshta mamlakatda olimlar va muhandislarning aksariyati ayollardir. Masalan, Litvada fan olamida faoliyat yurituvchilarning 57 foizi hotin-qizlardan iborat. Bu raqamlar nisbati Bolgariya va Latviyada 53, Portugaliyada 51 va Daniyada 50 foizdan ortiqni tashkil etadi.

Reytingning eng quyi qismidan Vengriya va Lyuksemburg oʻrin olgan boʻlib ularda bu nisbat 25 foizga teng. Finlyandiya va Germaniya  fan olamida javlon urayotgan ayollar 29 va 33 foizni tashkil etadi.

 Oydin SAʼDULLAYEVA tayyorladi

Manba: Yevronyus axborot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.