Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi eʼlon qilindi

0
1063
marta koʻrilgan.

Stokholmda Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasida fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlarining nomi maʼlum qilindi. 9 million shved kronasini Kip Torn, Rayner Vayss va Berri Berrish oʻzaro boʻlishib olishadi. Bu haqida seshanba kuni Qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi xabar berdi. 

2017 yil fizika sohasidagi Nobel mukofoti LIGO loyihasi, shuningdek gravitatsion toʻlqinlar kuzatuvi uchun Kip Torn, Rayner Vayss va Berri Berrishga topshirildi. 

Berri Berrish gravitatsion toʻlqinlar boʻyicha yetakchi ekspert va LIGO rahbarlaridan biri hisoblanadi.

Rayner Vayss va Kip Torn esa ushbu loyihaning boshida turishgan va LIGO’da ishlashda davom etishmoqda.

LIGO (Laser Interferometer Gravitational-Wave Observatory) — lazer-interferometrik gravitatsion-toʻlqinli rasadxona AQSHda joylashgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.