Toshkent xalqaro konferensiyasida Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor soʻzga chiqdi, deya xabar beriladi Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portalida.
– Afgʻonistonda tinch, barqaror muhit shakllanishidan barchamiz manfaatdormiz, – dedi Violen de Vilmor. – Shu bois Oʻzbekiston va Afgʻoniston tashabbusini qoʻllab-quvvatlaymiz. Fransiya Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi munosabatda. Oʻylaymizki, bundan keyin ham aloqalarimiz mustahkamlanib boradi.
Elchi Fransiya bugungi Toshkent konferensiyasi qarorini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini maʼlum qildi.