Fransiya Xalqaro dengiz tashkiloti kengashiga qayta saylanishga erishadi

0
363
views

Fransiya Xalqaro dengiz tashkiloti kengashiga qayta saylanishga erishadi, deyiladi mamlakat tashqi siyosat mahkamasi maʼlumotida.

Xalqaro dengiz tashkiloti kengashi aʼzoligiga saylovlar 29 noyabrda, tashkilotning Londondagi 31-sessiyasida boʻlib oʻtadi.

“Fransiya – dengiz hududiga koʻra ikkinchi yirik dengiz davlati. Fransiya Xalqaro dengiz tashkiloti muassislaridan biri va kengash tuzilganidan buyon aʼzodir”,-deyiladi maʼlumotda. Xalqaro dengiz tashkiloti beshta qoʻmita va qirq nafar aʼzoga ega.

Fransiya  tashqi siyosat mahkamasi maʼlumotida aytilishicha, Parij dengizdagi xalqaro yuk tashish xavfsizlik qoidalari, qoʻriqchilik va ekologiyaga oid takliflarni bildirmoqchi.

 
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here