Germaniyaning Eng yirik telekanallaridan biri “Oʻzbekiston – Ipak Yoʻlidagi mamlakat” nomli videorolikni namoyish etdi

0
429
marta koʻrilgan.

Germaniyaning eng yirik ommabop telekanallaridan biri boʻlgan „Westdeutscher Rundfunk” (WDR) oʻzining YouTube sahifasiga Oʻzbekistonning boy tarixi, madaniyati va sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan „Oʻzbekiston – Ipak Yoʻlidagi mamlakat” nomli videorolikni joylashtirdi.

Videorolik muallifi Xanna Perxtold — YouTube kanalida “WDR-Sayohat” dasturiga masʼul. Ushbu kanal germaniyalik turistlarni dunyo boʻylab turli sayohat imkoniyatlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boradi.

 Muallif Xanna Pertxoldning taʼkidlashicha, mazkur filmdan koʻzlangan asosiy maqsad – germaniyalik sayohat ishtiyoqmandlarini Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, xususan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarining YUNYeSKO dunyo madaniy merosi durdonalari roʻyxatidan joy olgan betakror meʼmoriy yodgorliklari bilan yaqindan tanishtirishdan va shu orqali Oʻzbekistonga Germaniyadan sayyohlar oqiminining koʻpayishiga imkon qadar hissa qoʻshishdan iboratdir.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.