Global isish jarayonlarining okean suvlariga taʼsiri

0
369
marta koʻrilgan.

Iqlim oʻzgarishi oqibatida okean suvlarining harorati koʻtarilib, suvlardagi kislota nisbati oshib bormoqda. Buning natijasida esa suv rangi oʻzgarib, toʻq koʻk rangga kirmoqda.

Aslida, suvning oʻzi oʻzgarayotgani yoʻq. Balki, issiq havo oqibatida koʻl, daryo, dengiz, okeanlarda mavjud boʻlgan fitoplanktonlarning (kichik koʻzga koʻrinmas oʻsimliklar) populyasiyasi qisqarib, mazkur mikroorganizmlardagi yashil xlorofill soni kamaymoqda. Bu esa suvning umumiy koʻrinishi oʻzgarishiga olib kelmoqda.

Fitoplanktonlar kichik dengiz jonzotlari uchun oziq-ovqat manbaidir. Agar kichik koʻzga koʻrinmas oʻsimliklar juda kamayib ketgudek boʻlsa, baʼzi dengiz jonzotlari, shu jumladan baliq turlari ham qisqaradi. Bu esa oʻz navbatida baliqchilik hududlarini qisqarishiga olib keladi. Baliqchilik hududlarining qisqarishi esa dengiz mahsulotlarining isteʼmoli bozoriga taʼsir etib, narx-navosining oshishiga sabab boʻladi.

Bundan tashqari, fitoplankton populyasiyasining kamayishi iqlimning yanada yomonlashuviga sabab boʻladi. Fitoplanktonlar quruqlikdagi oʻsimliklar kabi atmosferadagi karbonat angidridni yutadi, oʻzidan kislorod chiqaradi. Ushbu mayda, koʻzga koʻrinmas oʻsimliklarning kamayishi esa havodagi gaz darajasini oshishiga olib keladi. Bu esa havo musaffoligi yanada yomonlashadi, deganidir.

Manba: Yevronyus axborot xizmati

Oydin SAʼDULLAYEVA tayyorladi

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.