Global Terrorism Index yangi reytingida Oʻzbekiston 138 mamlakat orasida 132-oʻrinni egallab, eng xavfsiz mamlakatlar qatoridan oʻrin oldi. Turkmaniston va Belarus ham eng xavfsizlar roʻyxatida.
Iroq, Afgʻoniston, Suriya, Pokiston va Somali terrorchilar faoliyati va tahdidi boʻyicha eng xavfli mamlakatlar deb topilib, reytingning dastlabki pogʻonalaridan oʻrin oldi.
MDH mamlakatlaridan Ukraina 21-oʻrinda, Rossiya 34-oʻrinda, Tojikiston — 74 va Qozogʻiston 75-oʻrinda qayd etilgan.
Reyting Sidney universiteti (Avstraliya) Iqtisodiyot va tinchlik instituti shafeligi ostidagi xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan tuzilgan.
Global terrorizm indeksi nima? Indeks boʻyicha mamlakatlar ichidagi terroristik faoliyat darajasi toʻrt asosiy koʻrsatkich boʻyicha baholanadi: terroristik hodisalar, halok boʻlganlar, jabrlanganlar soni va moddiy zarar hajmi.