Hindistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 30 milliondan oshdi

0
195
marta koʻrilgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 178 million 837 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 880 mingdan ziyod kishi vafot etgan (23.06.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 17:40 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 296 106 yangi holati aniqlandi. 6 990 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (24.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 179 million 599 mingdan ortiq odam yuqtirgan. Ulardan 3 million 891 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,230 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,028 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (17,966 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,651 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Turkiya (5,381 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 13 790, Hindistonda 50 848, Braziliyada 38 903, Fransiyada 978, Turkiyada esa 6 143 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 2 milliard 731 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.