Hindiston Assam shtati Sogʻliqni saqlash vaziri Himanta Bisva Sarmaning saraton kasalligi bu kishilarga iloh tomonidan yuborilgan jazodir, degan fikri hindistonliklarning gʻazabiga sabab boʻldi, deya xabar beradi BBC axborot xizmati.
Himanta Bisva Sarma Guvahati shahridagi ommaviy tadbirda shunday degan: «insonning qilgan gunohlari tufayli iloh jazo yuboradi, bu gunoh albatta kishining oʻzi tomonidan sodir etilgan boʻlishi shart emas, balki ota-onasining gunohlari ham farzandiga urishi mumkin”.
Saraton kasalligiga uchragan kishilar va ularning yaqinlari esa norozilik namoyishi oʻtkazganlar.
Muxolifat partiyalar vazirdan “beoʻxshov izohi” uchun kechirim soʻrashni talab qilganlar.
Butun Hindiston demokratik partiyasi esa “vazir davlatda saraton kasalligi tarqalishini oldini ololmaganini ana shunday bahona bilan izohlayapti” degan fikrni bildirgan.
Suvrat BBC axborot xizmatidan olindi.
Bosh sahifa Jahon Hindistonning Assam shtati Sogʻliqni saqlash vaziri Himanta Bisva Sarma: SARATON KASALLIGI ILOH...