Jahon bolalari hayotidan: Ubuntu — ular borligi uchun men ham borman

0
494
marta koʻrilgan.

Kunlardan bir kuni Yevropalik antropolog Afrikadagi qabilalardan birining bolalariga oʻyin oʻynashni taklif etadi. U savatga turli xil mevalardan toʻldirib, daraxt soyasiga qoʻyadi va bolalarga kim birinchi boʻlib chopib kelsa, meva toʻla savat oʻshaniki boʻlishini aytadi.

Antropolog yugurishga start beradi va bolalarga qarab hayron qoladi. Bolalar hammalari qoʻl ushlashib, bir safda kelardilar. Ular barchalari gʻolib boʻlgan va mevalarni teng boʻlishib olganlar.

Yevropalik antropolog bolalarga qarab:
— Axir kim birinchi boʻlib kelsa, barcha mevalarga ega chiqardi, nega bunday qildinglar? — deb savol beradi.

Shunda bolakaylar bir ovozdan joʻr boʻlishib, «Ubuntu» deydilar.
Bu soʻzning maʼnosi «Boshqalar baxtsiz boʻlganda, sen yolgʻiz qanaqa baxtli boʻlishing mumkin», deganidir.

Ubuntu — bu Afrikadagi oʻsha qabila tilida «Ular borligi uchun men ham borman» degan maʼnoni ham anglatadi.

Bu qabila biz uchun yovvoyi koʻrinar, lekin ular quvonch sirlarini biladilar va ular bizlardan ming marta baxtliroqdir… Ubuntu!

Ixtiyor Esonov

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.