Birinchi uyali telefon AQSHda ishlab chiqarilganligini koʻpchilik biladi. Manbaalarga koʻra, 1973 yilning 3 aprelida Motorola kompaniyasining mobil aloqa boʻlimi direktor Martin Kuper uyali telefonni qulogʻiga qoʻyib, Manxettenni aylanib chiqadi. Bunday holatga oʻrganmagan odamlar Kuperning harakatlaridan hayratlanishadi. «Bu qanday matoh» deya odamlarda qiziqish ortadi…
Shunday qilib, odamlarni hayratlantirgan uyali telefon olti yil oʻtib birinchi marta Trevel Elektroniks kompaniyasi tomonidan 1979 yilda ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi. Oʻsha paytdagi birinchi uyali aloqaning ogʻirligi 907 gramm va narxi oʻsha paytda 3895 dollarni tashkil etgan. Bu taxminan oʻrtacha bitta mashina narxiga toʻgʻri kelmoqda. Abonent toʻlovlari uchun bir oyga 50 dollar toʻlanib, bir daqiqali suhbat uchun 24 dan 40 sentgacha mablagʻ yechilgan. Bu degani 1 litr benzin narxiga teng boʻlmoqda.
Soha taraqqiyoti, talabning yuksalishi uni yanada ommaviylashtirib, tannarxini arzonlashtirdi. Bugungi kunda u jahonni egallab oldi.