Jahonning mashhur ayollaridan biri Indira Gandi hikmatlari

0
328
marta koʻrilgan.

Indira Gandi mustaqil Hindistonning birinchi bosh vaziri Javoharlaʼl Neruning qizi.  Javoharlaʼl Neru 1964 yilda vafot etgach, yangi bosh vazir Lal Bahodur Shastri Indiraga hukumatdagi lavozimni taklif qildi. Tez orada u Axborot va radioeshittirish vaziri boʻldi. 1966 yilda Shastri vafotidan keyin uning oʻrniga Indira  Gandi keldi. U Hindistonda yagona bosh vazir boʻlgan ayol.

Indira Gandi davrida Hindistonda oʻrtacha umr koʻrish 32 yoshdan 55 yoshga koʻtarildi va qashshoqlik chegarasida yashayotgan aholi ulushi 60 foizdan 40 foizga tushdi

Hindiston yetakchisi marhuma Indira Gandi hikmatlaridan: Bobom menga bir kuni ikki turdagi odamlar bor, dedi: ishlaydiganlar va bahona izlaydiganlar. U mendan birinchi turdagi odamlar qatorida boʻlishni soʻradi: u yerda raqobat anchagina kam.

Yaqinda siz koʻtarilgan choʻqqingiz eng quyi choʻqqilardan biri ekanligini tushunib yetasiz. Bu togʻ qator togʻlarning bir qismi ekanligini, bundan boshqa koʻplab togʻlar borligini ham… Siz qanchalik yuqori koʻtarilsangiz, oʻta kuchli charchoqqa qaramay yanada yuqoriroqqa koʻtarilishni shunchalik koʻp xohlaysiz.

Bizning bugungi harakatlarimiz ertangi kunimizni shakllantiradi.

Biz nima qilmoqchi boʻlganimiz emas, nimaga erishganimiz muhim.

Hayot sayohati qudrat yoki boylik izlashdan emas, ichki qadriyatni izlashdan iborat.        

Cuvratda:Indira Gandi va Yelizavetta II                                                               

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.