JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda 658 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

0
203
marta koʻrilgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 162 million 177 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 364 mingdan ziyod kishi vafot etgan (16.05.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 17:02 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 658 585 yangi holati aniqlandi. 12 034 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (17.05.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni
163 million 072 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 379 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,574 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (24,684 milliondan ortiq),
Uchinchi oʻrinda Braziliya (15,519 milliondan ortiq),
Toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,769 milliondan ortiq),
Beshinchi oʻrinda esa Turkiya (5,106 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 40 431, Hindistonda 311 170, Braziliyada 85 536, Fransiyada 15 685, Turkiyada esa 11 472 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

JSSTga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 1 milliard 264 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.