Kasim-Jomart Tokayev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida Parlament palatalarining umumiy majlisida qasamyod qabul qiladi

0
255
marta koʻrilgan.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev oʻz vakolatlarini topshirdi. «Men prezident sifatidagi oʻz vakolatlarimni tugatishga qaror qildim. Bu yil eng oliy lavozimni egallab turganimga 30 yil toʻladi. Xalq menga mustaqil Qozogʻistonning birinchi prezidenti boʻlish imkoniyatini berdi», — dedi Nursulton Nazarboyev jonli efirga namoyish etilgan murojaatida. 

Endi saylovgacha Qozogʻiston Prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Qosim-Jomart Tokayev bajarib turadi. Nursulton Nazarboyev oʻz murojaatida Tokayevga yuksak ishonch bildirishini taʼkidlab oʻtdi. 

20 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da  Kasim-Jomart Tokayev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida Parlament palatalarining umumiy majlisida qasamyod qabul qiladi.

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2020 yilning bahorida boʻlib oʻtishi kerak edi. Endi mamlakatda muddatidan avval saylovlar oʻtkazilishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Prezident vakolatlarini zimmasidan soqit etish toʻgʻrisida eʼlon qilgan Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlari uchun mustahkam poydevor yaratishga qardosh Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti qoʻshgan hissani yuksak baholadi va chuqur minnatdorlik bilan qayd etdi.

Oydin SADULLAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.