Britaniyaning HSBC banki koʻchib oʻtish uchun eng yaxshi darajada boʻlgan davlatlar haqidagi har yillik soʻrovnoma natijalarini eʼlon qildi. Singapur uch yildan beri reytingda yetakchi boʻlib kelyapti.
Tadqiqot HSBC buyurtmasi bilan YouGov firmasi tomonidan tayyorlandi. Ushbu tashkilot 159 ta davlatdagi 27 mingdan ortiq kishi bilan soʻrovnoma oʻtkazdi. Yakuniy tahlilga koʻra, soʻralganlarning fikricha eng yaxshi hayot sharoitiga ega 46 davlat roʻyxatga kirdi.
Ishtirokchilar uchta yoʻnalishda 27 ta savolga javob qaytarishdi: iqtisodiyot, yashashga qulaylik va koʻchib oʻtish hamda oila bilan yashash imkoniyati yaʼni taʼlim sifati va bolalarga gʻamxoʻrlikning yuksakligi.
Singapurda soʻrovdan oʻtkazilganlarning toʻrtdan uch qismi koʻchalarning tozaligi, xavfsizligi yuqori darajdaligini va jamoat transporti tizimining xizmati yuksakligini qayd etishdi. Bu yerdamuqim yashovchi soʻrovnoma ishtirokchilarining 26 foizi mahalliy taʼlim darajasiga yuqori baho bergan boʻlsa, migrantlarning 64 foizi Singapurga koʻchib oʻtishganidan keyin hayoti yaxshilanganini bildirgan.
HSBC tahlili boʻyicha migrantlar uchun eng yaxshi oʻn davlat:
- Singapur
2. Norvegiya
3. Yangi Zelandiya
4. Germaniya
5. Niderlandiya
6. Kanada
7. Avstraliya
8. Shvetsiya
9. Avstriya
10. Birlashgan Arab Amirliklari
Roʻyxatda 11- oʻrin Shvetsariya boʻlsa, 46 oʻrinni Misr egallagan.