Las-Vegasda UFC ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor va tashkilotning yengil vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov oʻrtasida UFC 229 musobaqasi doirasida kechgan jangda rossiyalik sportchi gʻalaba qozongan edi.
Bellashuvdan keyingi janjallar uchun Konor Makgregor ham Habib Nurmagomedov ham jazolanishi mumkin. Bu haqda Nevada shtati sport komissiyasi raisi Entoni Marnel ESPN ga bergan intervyusida maʼlumot bergan. “Biz ishni har ikki jangchiga nisbatan koʻrib chiqamiz. Tez orada voqea tafsilotlari sinchiklab oʻrganiladi, hozircha esa faqat rossiyalikning gonorari berilmay turibdi”, deydi Marnel.