“Made in Uzbekistan” milliy koʻrgazmasi Bishkekda

0
280
marta koʻrilgan.

Shu yil 5-7 mart kunlari Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida “Made in Uzbekistan” brendi ostida mamlakatimizning eksport salohiyatiga bagʻishlangan milliy koʻrgazma boʻlib oʻtadi.

Unda mamlakatimizning turli hududlarida ishlab chiqarilgan tovarlar namoyish etiladi. Xususan, qishloq xoʻjaligi texnikalari, yuk va yengil avtomobillar, mebel, maishiy texnika vositalari, gilamchilik, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari mahsulotlari eksponentlar qatoridan joy oladi.

Shuningdek, kabel va farmatsevtika, oziq-ovqat, kattalar va bolalar uchun kiyim-kechak hamda trikotaj mahsulotlari, qurilish materiallari, xalq isteʼmoli tovarlari, xalq amaliy sanʼati buyumlari va boshqalar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etiladi.

Mamlakatimizning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan bu kabi koʻrgazma xorijda birinchi bor oʻtkazilayotgani yoʻq, albatta. Masalan, oʻtgan yil aprel oyida Tojikiston poytaxti Dushanbe, may oyida Qozogʻistonning Chimkent, iyun oyida Turkmanistonning Ashxobod, noyabr oyida esa Rossiyaning Qozon shaharlarida “Made in Uzbekistan” ekspozitsiyasi tashkil qilingandi.

Binobarin, chet ellarda Oʻzbekiston eksport salohiyatining bu kabi namoyishi nafaqat alohida loyiha sifatida, balki yirik xalqaro koʻrgazma tadbirlari doirasida ham taqdim etib kelinayotgani alohida ahamiyatga loyiq.  

Manba: «Xalq soʻzi»

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.