Malaka oshirish va Oʻzbekiston targʻiboti

0
48
marta koʻrilgan.

Ummon sultonligining Sulton Qobus universitetida malaka oshirayotgan Oʻzbekistonlik oʻn besh nafar professor-oʻqituvchilar mazkur muassasada tashkil etilgan madaniyatlararo Xalqaro festivalda faol ishtirok etdilar.

Tadbirda ular oʻzbek milliy qadriyatlari,  urf-odatlari , milliy taomlari , shuningdek, Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari hamda turistik imkoniyatlarini namoyish qildilar.  Tadbirda oʻzbekistonlik oʻqituvchi-arabshunoslarga faol ishtiroki uchun alohida minnatdorchilik bildirildi.

Mazkur tadbirda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Ummon sultonligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdusalom Hotamov rahbarligidagi elchixona vakillari ham qatnashdilar.

 Malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi va tinglovchilarga sertifikat taqdim etildi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.