Huquq himoyachisi, Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureati Malala Yusufzay toliblar hujumidan olti yil oʻtib — 29 mart kuni ona yurti Pokistonga qaytdi.
Kuchaytirilan qoʻriqchilar hamrohligida u Islomobod aeroportidan mehmonxonaga olib kelindi. Maʼlum boʻlishicha Yusufzay Pokistonda toʻrt kun boʻladi va mamlakat bosh vaziri Shahid Xaqon Abbas bilan uchrashadi.
Malala Yusufzay 11 yoshida Bi-bi-sida oʻz blogini yurita boshlaganidan keyin mashhur boʻlib ketdi, u Pokiston shimolidagi Svat vodiysida toliblar tomonidan shariat qonunlari oʻrnatilishini tanqid qilgan va qizlarning taʼlim olish huquqlarini ochiqchasiga qoʻllab-quvvatlagan. 2016 yilning oktyabrida Tolibon harakati jangarilari xujumi tufayli ogʻir yaralandi. Shundan soʻng Malala Buyuk Britaniyada uzoq muddat davolandi.
2014 yili 17 yoshli Malala Yusufzay Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga munosib deb topildi, keyinroq esa BMTning tinchlik elchisi boʻldi.