Muattar Nabiyeva Olimpiya rekordi bilan tarixda qolmoqda

0
173
marta koʻrilgan.

Ogʻir atletikachimiz Muattar Nabiyeva Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida Olimpiya rekordini yangiladi.

Andijonlik ogʻir atletikachimiz birinchi mashqda 98 kg toshni koʻtarib, ushbu yoʻnalishda Olimpiada rekordini oʻrnatishga muvaffaq boʻldi. Afsuski, siltab koʻtarish mashqidagi raqobatda omad hamyurtimizni tark etdi. Yakunda 212 kg natija qayd etgan Nabiyeva musobaqani toʻrtinchi oʻrinda yakunladi.

Ogʻir atletikaning  -55 kg vaznli sportchilari erishgan oʻrinlar:
1. Xidilin Dias (Filippin) – 224 (97+127) kg;
2. Siayun Liao (Xitoy) – 223 (97+126) kg;
3. Zulfiya Chinshanlo (Qozogʻiston) – 213 (90+123) kg;
4. Muattar Nabiyeva (Oʻzbekiston) – 212 (98+114) kg.

Qayd etish joiz, Muattar Nabiyeva Olimpiya oʻyinlarida kuchli toʻrtlikka kirgan va Olimpiada rekordini oʻrnatgan dastlabki ogʻir atletikachi qizimiz sifatida tarixga kirmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.