Velosportning shosse yoʻnalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Olga Zabelinskayaning Olimpiadadagi ishtiroki yakunlandi. Biroz avval vakilimiz 137 kilometrga kechgan guruh poygasi yoʻnalishida toʻqqizinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi.
Poygada Olimpiadada chempionlari maʼlum boʻldi. Avstriyalik Anna Kizenxofer finish chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Niderlandiyalik Annemik van Vluten kumush medalga sazovor boʻldi. Italiyalik Eliza Borgini esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Qayd etish joiz, Olga Zabelinskaya velosiped sporti boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan ilk ayol sportchimiz sifatida yodimizda qoladi.