Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIII milliy mukofoti uchun tanlov eʼlon qilindi. Uning natijalari anʼanaga koʻra 3-may Jahon matbuoti erkinligi kunida eʼlon qilinadi.
2018-yilda “Chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” ragʻbatlantiruvchi mukofoti ikkinchi marotaba nominatsiyalar roʻyxatiga kiritildi.
Oʻtgan yili “Chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasida ““Euronews”” kanali “Postcards» koʻrsatuvi muallifi va boshlovchisi Seamus Kearney gʻolib deb topilgan edi, shuningdek, Buyuk Britaniyaning mustaqil jurnalisti Karolina Charlotta Pink, Koreya Respublikasining ““The Korea Post”” jurnalining bosh muharriri Lee Kyung-sek hamda Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi muxbiri Sha Datining samarali ishlari yuqori baholangan edi.