Ozarbayjonning Shusha shahri Turk Dunyosining madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi

0
681
marta koʻrilgan.

«Turksoy» xalqaro tashkilotining navbatdan tashqari yigʻilishi 2022-yil Turk Dunyosining madaniy poytaxti Bursa shahrida boʻlib oʻtdi.

«Turksoy» Doimiy kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida 2023 yil Shusha (Ozarbayjon) turk dunyosi madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi.

Yigʻilishda oʻz navbatida turkiy xalqlar madaniy hamkorliklarini davom ettirish, Turksoy tashkilotiga yangi rahbar tayinlash kabi qator vazifalar belgilab olindi.

Maʼlumot uchun: Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti turk dunyosidagi davlatlarning mashhur va tarixiy shaharlarini Turk Dunyosining madaniy poytaxti deb eʼlon qilish orqali, tanlangan shaharda tashkilotga aʼzo davlatlarning sanʼati va madaniyatini tashviq targʻib qilishni nazarda tutadi.

Shu oʻrinda aytish joizki «Turksoy» 2022-yil uchun Turkiyaning Bursa shahrini Turk Dunyosining madaniy poytaxti deb eʼlon qildi. Oʻtgan 2021 yili esa Turk Dunyosining madaniy poytaxti Oʻzbekistoning Xiva shahri tanlab olingandi.

R. SAPAYEVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.