OʻZBEK QIZI XALQARO TANLOV GʻOLIBI

0
84
marta koʻrilgan.

 Madinabonu Muhammadrizoyeva 14-20 dekabr kunlari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Italiya, AQSH, Angliya, Singapur, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya kabi koʻpgina davlatlar oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro “Miss Internatsional translator” – “Xalqaro tarjimon xonim” tanlovi gʻolibi boʻldi va “Gran pri” sovrinini qoʻlga kiritdi.

 U 2001 yil 13 may kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan. 2023 yilda oʻtkazilgan “Zomin” seminarining Respublika bosqichi sovrindori. Oʻzbek, rus, ingliz va arab tillarida yozgan maqolalari xalqaro tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallagan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Maʼnaviyat va maʼrifat masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid Madinabonu Muhammarizoyevani ushbu yutugʻi bilan tabrikladi.

Tahririyatdan: Madinabonudek tarjimonlar safi kengayishida tilakdoshmiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.