Oʻzbek sportining faxri Oksana Chusovitina katta sport bilan xayrlashdi. Haqiqiy tirik afsona Oksana hammasi uchun senga rahmat, deydi butun oʻzbek xalqi!

0
240
marta koʻrilgan.

Bu soʻzni yozish qanchalar ogʻir, lekin oʻsha kun yetib keldi. Haqiqiy tirik afsona, oʻzbek sportining faxri Oksana Chusovitina bugun katta sport bilan xayrlashdi. Barchasi uchun rahmat senga, Oksana! deya taʼkidlanadi OLIMPIC.UZ saytida.

Bir necha daqiqa avval Tokiodagi “Ariake Gymnastics” arenasida hamyurtimiz Oksana Chusovitina faoliyatidagi soʻnggi sakrashni amalga oshirdi. Garchi uning ikkinchi parvozi finalga chiqish uchun kamlik qilgan boʻlsa ham, nomi abadiylikka kirish uchun yetarli boʻldi.

Sakkazinchi bor Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, oʻz sporti turida Ginnesning rekordlari kitobiga kirgan Oksana Chusovitinaning chiqishi 14.166 ball bilan baholandi. Afsuski, ushbu ball final yoʻllanmasi uchun kifoya qilmadi hamda ekran qarshisidagi millionlab muxlislar, hamkasblari va murabbiylari olqishlari ostida katta sportdan ketdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasiza xizmat koʻrsatgan sportchi, «Doʻstlik», «Mehnat shuhrati», «El-yurt hurmati» ordenlarining sohibi, «Oʻzbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibi Oksana Aleksandrovnaga uzoq yillik faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi hamda kelajakda murabbiy sifatida ham yurtimizda sport, xususan, gimnastika taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshishiga tilak bildirib qoladi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.