Oʻzbekiston amerikalik jajji bolalar shuurida

0
486
marta koʻrilgan.

Amerikalik bolalarga qizim Mehrinisoning sinfida u bilan birga  Oʻzbekiston haqida gapirib berdik. Xushmanzara joylarga, tarixiy obidalarga video  sayohat uyushtirdik.

Bu yerda sinfdan tashqari darslarda  har kim oʻzi tugʻilgan yurti haqida hikoya qilib berish anʼanasi bor. Amerika hayrat va tassurotlarga toʻla yurt. Biroq,  Oʻzbekiston, ayniqsa, Xorazm lazgisi ularni lol qoldirdi. Video tasma tugagandan keyin “yana qoʻyib bering”, deb qayta- qayta soʻrashdi. Xorazm lazgisini qiziqish bilan qayta-qayta tomosha qilishgach, birga raqsga tushdik.

Soʻngra ularga  oʻzbek bolalarining milliy oʻyini – ”beshtosh”ni oʻrgatdik. Va birga oʻynadik.

Oʻzbekistonning moʻjizalar olamiga, milliy raqs va bolalar oʻyini “qasri”ga zavqli tashrif boʻldi.

Oydin SAʼDULLAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.