Oʻzbekiston avtomobillariga katta qiziqish bildirilmoqda

0
237
marta koʻrilgan.

Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtkazilayotgan «Made in Uzbekistan» Milliy sanoat koʻrgazmasida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillari yigʻilganlarda katta qiziqish uygʻotmoqda.

Koʻrgazmada namoyish etilayotgan «Ravon» rusumli «Spark», «Gentra» hamda «Chevrolet Malibu» yengil avtomobillari namoyish etilmoqda. Bundan tashqari «OʻzAvtoSanoat» kompaniyasi turkmanistonlik hamkorlarga zamonaviy jihoz va asbob-uskunalar bilan taʼminlangan yuk avtomobillari, sut tashuvchi va tez yordam mashinalarini ham taqdim etmoqda. 
 
«Alimkhan Exim Group» kompaniyasi Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilarining turli mahsulotlarini bozorlarga olib chiqishga koʻmaklashuvchi yirik xususiy tashqi savdo kompaniyasidir. Kompaniya stendidan devor va pol qoplamalari uchun shishali mozaika, koʻp kamerali plastik profillar, «Woodwin» brendi texnologik listlari, suv oʻtkazmaydigan mebel listlari, ekologik talablarga javob beradigan polimer boʻyoqlari joy olgan.
 
«Mexmash», «Bektemir metall konstruksiyalari», «Al Star», «Plast Co», «Mastec», «Eco Climat» korxonalari tomonidan esa keng turdagi kabel va quvurlar, issiqxonalar uchun poʻlat sim va metall konstruksiyalar, kompozit plitalar, havo almashtirish tizimlari isitgichlari kabi mahsulotlarni namoyish etmoqda.
 
Manba: OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.