Oʻzbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan oʻrin oldi

0
152
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston ilk bor Amerikaning U.S. News & World Report jurnali tomonidan tuziluvchi dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan oʻrin oldi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati maʼlum qildi.

Reyting toʻrtta hududdan 17 mingdan ziyod kishi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga asoslangan. Ular dunyoning 78 ta mamlakatini 76 xil koʻrsatkich boʻyicha baholagan.

Oʻzbekiston soʻrov yakunida 100 balldan 3,4 ball toʻplagan va 78 ta davlat ichida 73-oʻrinni egallagan. Reytingdan MDH mamlakatlarining yana 5 davlati — Rossiya (24-oʻrin), Ozarbayjon (66-oʻrin), Ukraina (71-oʻrin), Qozogʻiston (72-oʻrin), Belarus (75-oʻrin) joy olgan.

Eng yaxshi mamlakatlar oʻntaligiga Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya, Avstraliya, AQSH, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Niderlandiya kirdi. Kanada turmush darajasi va ijtimoiy maqsadlar koʻrsatkichi boʻyicha 1-oʻrinni egallagan.

Ekspertlar mamlakatni odamlar rivojlanishi va oʻsishi mumkin boʻlgan barqaror, xavfsiz, ochiq, adolatli va teng huquqli jamiyat deb hisoblaydi. Reytingda, shuningdek, ijtimoiy adolat darajasi, irqiy tenglik va oʻz faoliyatini boshlash imkoniyatlari ham hisobga olingan.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.