Oʻzbekiston Prezidenti KXSHT sammitida ishtirok etdi

0
109
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 23 avgust kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Afgʻonistondagi vaziyatga bagʻishlab videoanjuman shaklida oʻtkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida oʻtgan yigʻilishda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan va KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas qatnashdi.

Sessiyada qoʻshni Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat hamda mintaqadagi barqarorlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti uchrashuv ishtirokchilarini mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish, shu jumladan Afgʻoniston bilan Davlat chegarasini ishonchli qoʻriqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qildi.

Mamlakatimiz yetakchisi mintaqa davlatlarining aloqador tuzilmalari bilan Afgʻoniston borasida samarali hamkorlik va tezkor axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Sammit yakunida mintaqadagi vaziyat yuzasidan oʻzaro maslahatlashuvlar va muntazam axborot almashishni davom ettirishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.