Oʻzbekiston Prezidenti ShHT Bosh kotibi bilan mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

0
561
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

ShHT doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekistonning Tashkilotga raisligi davridagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yil uchun rejalashtirilgan uchrashuv va yigʻilishlarning yarmi muvaffaqiyatli oʻtkazib boʻlingani mamnuniyat bilan qayd etildi. Samarqand shahrida boʻlajak ShHT sammiti hujjatlarini kelishish borasida faol ish olib borilmoqda.

Barqarorlik va xavfsizlik uchun xavf tugʻdirayotgan xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda Tashkilot salohiyatini kuchaytirish, “Shanxay ruhi” prinsiplari asosida koʻp tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Transport sohasida oʻzaro bogʻliqlik, “yashil” energetika, innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot, sanoat kooperatsiyasi borasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Pandemiyadan keyingi davrda faol madaniy-gumanitar aloqalar va turizm almashinuvini qayta tiklash lozimligi haqida yakdil fikr bildirildi.

Uchrashuvda xalqaro kun tartibining dolzarb muammolariga ham toʻxtalib oʻtildi. Afgʻoniston masalasida ShHT rolini oshirish hamda ushbu mamlakatni infrutazilmaviy rivojlanish boʻyicha mintaqaviy dasturlarga faol jalb qilish zarurligi qayd etildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.