Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
197
marta koʻrilgan.

6 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari  Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi. Birodar Turkiya xalqiga, vafot etganlar va jabrlanganlarning oilalari va yaqinlariga dalda soʻzlari bildirildi.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 7 fevral kuni Oʻzbekistondan Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilar guruhi joʻnatilishi rejalashtirilgan.

Ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Tahririyatdan eslatma: Turkiya bir kunning oʻzida ustma-ust ikkita qaqshatqich zilzilaga sahna boʻldi. Turkiya va Suriyadagi  zilzila natijasida yuzlab odam halok boʻldi, yana minglab kishini yaralandi. Turkiyada zilzila qurbonlarining soni hozirga kelib 2 ming kishiga yetib qolgan. Turkiyada oʻzbekistonliklar  koʻp, biroq, jabrlanganlar yoʻqligi taʼkidlanmoqda.

Fran-Press axborot agentligining xabar berishicha, Suriyada qurbonlarga oid soʻnggi raqamlar 800 dan oshdi. Yangi maʼlumotlar bilan har ikki davlatda qurbon boʻlganlarning umumiy soni 2300 dan ziyodroqni tashkil etmoqda. Mamlakat janubi va janubi-sharqini oʻz zabtiga olgan ustma-ust yer silkinishi ortidan, 10 mingga yaqin insonning tan jarohati olgani maʼlum boʻlgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.