Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining Vashingtondagi Matbuot markazida ish qizgin

0
172
views

Maʼlumki, bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan AQSHga rasmiy tashrifi boshlanadi. Mazkur tashrifni keng va tezkor yoritish uchun Vashingtonning Safitel mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining Matbuot markazi tashkil etilgan. Shu munosabat bilan kecha matbuot markazida boʻldik.

Markazda ish qizgin tus olgan. Oʻzbekistondan tashrif buyurgan OAV xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AKSHga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarni yeritish uchun tinmay xabar va maqolalar tayyorlayaptilar.

Eslatib oʻtamiz, Vashingtonda 3 kun davomida davlatimiz rahbari AQSH Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi. 

Oydin Sadullayeva, Gujum.uz internet nashrining Vashingtondagi muxbiri

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here