Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi

0
149
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari! 

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda koʻrsatayotgan yetakchiligingiz va shaxsiy intilishingiz uchun, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. 

Oʻzbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida oʻzaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish borasidagi saʼy-harakatlaringizni qoʻllab-quvvatlash AQSH uchun ustuvor ahamiyatga ega. 

AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib bormoqda va erishilgan yutuqlarni 2023 yilda ham yanada ilgari surishimizga umid bildiraman.

Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman. 

Bu saʼy-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni taʼminlashga katta hissa qoʻshmoqda. 

Bizning sherikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishdek asosiy prinsiplariga rioya qilish asosida rivojlandi.

Ishonchim komilki, ushbu qadriyatlarga mushtarak sodiqligimiz oʻzaro aloqalarimiz uzoq muddatli istiqbolda yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Hurmat bilan, 

Jo Bayden

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.