Oʻzbekiston suv sifati reytingida yuqoriladi, ammo rivojlangan davlatlardan ancha orqada

0
197
marta koʻrilgan.

Atrof-muhit koʻrsatkichlari xalqaro reyting agentligi dunyo mamlakatlarining suv sifati boʻyicha reytingini eʼlon qildi.

Korrespondent xabariga koʻra, 180 ta davlat orasida Avstriya, Finlyandiya, Gretsiya, Islandiya va Irlandiya suv sifati yuqori boʻlgan mamlakatlar beshligiga kirdi.

Oʻzbekiston roʻyxatda 58-oʻrinda qayd etildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yillarga qaraganda ancha yaxshilangan boʻlib, 2016 yilda 136, 2018 yilda 118 oʻrinda edi.

Reytingni tuzishda ichimlik suvi va kanalizatsiya sifatiga eng koʻp eʼtibor qaratildi.

Hisob-kitoblarga koʻra, dunyoda 1 milliarddan ortiq kishi, Markaziy Osiyoda taxminan 22 million kishi sogʻliq uchun xavfsiz suv manbaiga ega emas.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.